AQŞ boş prokurori Uilyam Barr xitoyliklarga AQŞning Equifax kredit tarixi byurosi kompyuter tizimlarini buzib kiriş, tijorat siri va amerikaliklarning şaxsiy ma'lumotlarini öğirlaş ayblovini ilgari surdi. Bu haqda AQŞ adliya vazirligida ma'lum qilingan.

AQŞ ma'lumotlariga köra, ayblanuvçilar Xitoy armiyasiga qaraşli tadqiqot institutlaridan birida işlaşgan.

2017 yilda sodir etilgan xakerlik hujumidan 145 mln kişi yoki AQŞ aholisining deyarli yarmi jabrlangan. 

Equifax kompyuter tizimlari buzib kirilganidan keyin kompaniya 575 mln dollar jarima va xakerlik hujumi jabrlanuvçilarga kompensatsiya jamğarmasiga 300 mln dollar tölaşiga töğri kelgan. Şuningdek, kompaniya kiberhujumlardan himoyasini kuçaytirişga va'da bergan. Uşbu voqeadan keyin kompaniyaning direktorlar kengaşi raisi va boş ijroçi direktori Riçard Smit iste'foga ketişga qaror qilgan.