Yaponiyada 2018 yildagi ilk baliq auksionida 405 kilogrammlik tunets baliği 36 mln iyenga (323 ming dollar) sotildi. Bu haqda NHK World telekanali xabar bermoqda.  

Bu tunets uşbu auksionlar ötkazilişi vaqtida sotilgan yirikligi böyiça 4-raqamlisi böldi. Auktsion an'anaviy ravişda Tokiodagi Tsukidzki bozorida ötkazildi. Bu bozor baliq va dengiz mahsulotlari sotiladigan eng katta ulgurji bozorlardan biri hisoblanadi. Auktsion mahalliy vaqt bilan 5 yanvar soat 05:30da boşlangan.

Biroq bu mutlaq rekord hisoblanmaydi: 2013 yilda 222 kg.lik tunets 1,8 mln dollarga sotilgan. Uni Sushi-Zanmai sushi-restoranlari tarmoği xarid qilgan.