Kipr sudi ukrainalik milliarder Rinat Axmetovning 820 mln dollarlik aktivlarini muzlatib qöydi. Bu haqda Financial Times naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, bu qaror 27 dekabrda Ukrainada fiksirlangan aloqa sohasidagi eng yirik kompaniyalar guruhi – “Ukrtelekom” kompaniyasi atrofidagi yuridik bahsni körib çiqiş vaqtida qabul qilingan. Uşbu kompaniya Axmetovga Raga firmasi tomondan 2013 yilda sotilgan. Raga vakillari bitim qiymati 860 mln dollarni taşkil qilgani, biroq Axmetov bu summadan bor-yöği 100 mln dollarni tölab berganini ta'kidlamoqdalar.
Axmetovning muzlatilgan aktivlari orasida uning Londondagi kvartirasi ham bor. Bu kvartira Axmetov tomondan sotib olingan vaqtda Buyuk Britaniya köçmas mulk bozorida eng qimmati bölgan. Sud qaroriga köra, Axmetov öz mulkidan öz xohişiga köra foydalanişi mumkin, biroq 820,5 mln dollarlik aktivni daxlsiz qoldirişi va Raga’ni öz mulki böyiça tuziladigan bitimlardan xabardor qilişi lozim.
Axmetov sudning bu qarori böyiça 8 yanvargaça şikoyat arizasi berişi mumkin.
Londondagi xalqaro hakamlik sudi ham 2017 yil yozida uşbu iş böyiça Raga foydasiga qaror çiqargan.
Forbes jurnaliga köra, Axmetovning boyligi 4,6 mlrd dollarni taşkil qiladi. U Ukrainaning eng boy odami hisoblanadi va dunyo milliarderlari reytingida 359-örinni egallamoqda.








