Iş materiallariga köra, 2022 yil aprel oyidan buyon Axmetovning SCM Holdings Limited kompaniyasi rahbariyati (u «Metinvest» kon-metallurgiya guruhini öz içiga oladi) Ukraina armiyasi va «Azov» diviziyasiga homiylik qilib kelgan. 

Sud Sevastopol va Belgoroddagi önlab köçmas mulk obektlarini, «Metinvest Yevraziya»ning Rossiyadagi şu’ba korxonalarida uluşlarini, bir neçta avtomobillarni, şuningdek, işda nomi qayd etilgan taşkilotlar hisobidagi ön millionlab rubllarni xatlab qöydi.

Avvalroq Rinat Axmetov Rossiyaga qarşi da’vo arizasi bilan Inson huquqlari böyiça Yevropa sudiga murojaat qilgandi. 

Axmetov özining mulkka egalik huquqlari qöpol ravişda buzilgani uçun Rossiyadan kompensatsiya talab qilgan. Bundan taşqari, u SCM korxonalari tomonidan tayyorlangan ğalla va pölat mahsulotlari Rossiya tomonidan olinişi va yöq qilinişiga yöl qöymaslik uçun şoşilinç çoralar körilişini söragandi.