Ukrainaning eng boy biznesmeni Rinat Axmetov Mariupolni tiklaşga yordam berişini aytdi.
«Biz butun Ukrainani tiklaymiz», — dedi Axmetov.
Biznesmenning sözlariga köra, uning maqsadi Mariupolga qaytiş va «Mariupol pölati yana avvalgidek jahon bozorida raqobat qila olişi uçun» yangi işlab çiqariş rejalarini amalga oşirişdan iborat.
Mariupolda Axmetovga tegişli ikkita korxona: Iliç nomidagi metall kombinati va «Azovstal» zavodi joylaşgan.
«Mariupol — dunyoviy fojia va qahramonlikning dunyoviy namunasi», — dedi Axmetov.
Axmetov 23 fevralda Ukrainaga qaytgani va hamon öşa yerda ekanligini aytdi.
Axmetov Forbes reytingida ukrain milliarderlari orasida birinçi örinda joylaşgan. Uning boyligi miqdori 4,2 mlrd dollar deb baholanadi.









