Haagadagi Xalqaro arbitraj sudi ukrainalik milliarder Rinat Axmetovga tegişli DTEK energetika kompaniyasining anneksiya qilingan Qrimdagi aktivlarini musodara qiliş böyiça Rossiyaga qarşi da’vosini töliq qanoatlantirdi. Kompaniyaning 2 noyabr kuni xabar berişiça, arbitraj Rossiyaga DTEK foydasiga 267 million dollar miqdoridagi zararni, jumladan, foizlar va hukm çiqarilgan kundagi sud xarajatlarini tölaşni buyurgan. Foizlar zararning töliq miqdori tölanmagunça hisoblanişi davom etadi. 

«Bugungi qaror Rossiyani Qrimdagi Ukraina sarmoyalarini ekspropriatsiya qilgani uçun javobgarlikka tortişning yana bir muhim bosqiçidir», dedi DTEKni sudda himoya qilgan Covington & Burling LLP advokatlik idorasi hamkori Marni Çik. 

DTEK Rossiya aktivlari joylaşgan davlatlar hududida sud qarorini tan oliş va uni ijro etişga ruxsat beriş jarayonini zudlik bilan boşlaşni rejalaştirayotganini aytdi. 

Qrim anneksiya qilinişidan oldin DTEK uşbu yarimoroldagi «DTEK Krymenergo» energiya taqsimlaş va ta’minot kompaniyasiga egalik qilgan. «DTEK Krymenergo»ning Rossiyaga da’vosi böyiça sud jarayoni 2017 yildan beri davom etayotgandi. 

2023 yil aprelida Haaga Doimiy arbitraj sudi qoşidagi Arbitraj tribunali Rossiyaga 2014 yilda Qrimning qöşib olinişi natijasida milliy kompaniya körgan zararlari uçun Ukrainaning «Naftogaz»iga 5 milliard dollar tölaşga majburiyatini yukladi.