AQŞning Kubadagi Guantanamo bazasida saqlanuvçi mahbuslar Donald Tramp ma'muriyatini AQŞ konstitutsiyasi va qonunlarini buzişda ayblaşdi.

Mahbuslarning noroziligiga Trampning ularni ozod qiliş böyiça jarayonni töxtatiş qarori sabab bölgan. Şu sababli mahbuslar Vaşington okrug sudiga jamoaviy da'vo arizasi berişgan. 

AQŞ kongressi tomondan 2001 yilda qabul qilingan, xorijda harbiy kuçni qöllaş haqidagi qonun jinoiy faoliyatga aloqadorlarni harbiylar tomondan hibsga olinişi muddatini çeklaydi. Qonuniy asossiz hibsga oliş taqiqlanadi.

Mahbuslarning advokatlari ta'kidlaşiça, Tramp ma'muriyati Guantanamo mahbuslarini hibsga oliş muddatini “çeksiz çözişga” harakat qilmoqda, bu esa AQŞ konstitutsiyasining buzilişi hisoblanadi.

Bugungi kunda Guantanamo qamoğida 41 mahbus uşlab turilibdi. Tramp AQŞ prezidenti etib saylangandan keyin AQŞ ma'muriyati mahbuslarni ozod qiliş böyiça birorta tavsiyani ma'qullamagan.