Rossiya va Ukraina vakillari birinçi xonim Melaniya Tramp bilan uçraşganidan söng, AQŞ prezidenti Vladimir Putinning maxsus vakili Kirill Dmitriev bilan alohida yopiq uçraşuv ötkazdi. Oval kabinetda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Tramp şunday dedi:

«Aynan nimani muhokama qilganimni sizga ayta olmayman. Lekin şunçaki bir narsani aytaman: bu kelişuv böladi, öziyam katta kelişuv böladi. U juda yirik böladi. U nafaqat Ukrainaga, hatto aytişim mumkinki, umuman butun Yevropaga daxldor bölişi mumkin. Bu katta, ajoyib bitim böladi va barçaning boşi osmonga yetadi».

Şuningdek, u AQŞ «Rossiya va Ukraina masalasini hal qilişga» «juda yaqin» qolişiga işonayotganini qöşimça qildi.

Tramp alohida uçraşuvni faqat Rossiya vakili bilan ötkazganini, Ukraina vakillari bilan esa uçraşmaganini aniqlaştirdi.

Tramp 2025-yil iyul oyida imzolagan hamda Oq uydagi ikkinçi muddatining asosiy taşabbusiga aylangan qonun haqida ham xuddi şunday iboralar bilan (big beautiful bill) gapirgan edi. Uşbu qonun, xususan, noqonuniy migrantlarga qarşi kuraşiş maqsadida federal soliqlarni kamaytiriş hamda mudofaa va çegara xavfsizligi xarajatlarini oşirişni közda tutardi.