Xitoylik muhandislar iPhone X’ga Home (Uyga) tugmasini örnatişga imkon beruvçi gadjyet yaratişdi. Bu haqda 9to5Mac portali xabar berdi. 

Gadjyet CES 2018 körgazmasida taqdim qilingan va ta'kidlanişiça, u körgazmada namoyiş qilingan qurilmalardan eng antiqasi va şu bilan birga, eng foydasi kami bölgan.

Gadjyet smartfonga Lightning porti orqali ulanadi va foydalanuvçilar uçun taniş bölgan tugmadan foydalaniş imkonini beradi. Bundan taşqari, qurilmada iPhone X’ga quloqçinlarni ulaş uçun 3,5 mm.li raz'yom bor.

iPhone X 2017 yil 3 noyabrda sotuvga çiqqan. Apple uşbu smartfonni yaratişda Home tugmasidan voz keçgan.