1-noyabr kuni Florida ştati Palm-Biç okrugida Learjet 60 rusumli xususiy samolyot halokatga uçradi. Biznes-jet AQŞ prezidenti Donald Trampning Mar-a-Lagodagi qarorgohidan taxminan 10 kilometr masofada, avtotrassa yoqasiga qulagan. Samolyot bortida töqqiz kişi, jumladan, ikki bola bor edi, ularning barçasi halok bölgan.
Şuningdek, samolyot qulagan joy yaqinida bölgan avtomobil haydovçisi jabrlangan. Samolyot qulagan joyda çuqur öra hosil bölgan.

Halokat röy bergan hududdagi Green Acres treyler parkidan bir neça yuz kişi evakuatsiya qilingan.
Samolyot Texas ştati Ostin şahridan havoga kötarilib, Bahama orollariga ketayotgandi. Samolyot bortida IT-tadbirkor, milliarder Adam Robinson, uning rafiqasi Helen Şarp va ularning ikki farzandi – tört yoşli Emma va ikki yoşli Çarli bor edi. Ular bilan birga enaga Anita Mariya Setina hamda oila döstlari hisoblangan Reyçel Rid va Çarmi Fer ham uçayotgandi.

Robinson 44 yoşda edi. U Retention.com va RB2B dasturiy taʼminot işlab çiqaruvçi kompaniyalarga asos solgan, bu kompaniyalarning boş direktori lavozimida edi.
Samolyot ekipaji ikki uçuvçidan iborat edi – Pensilvaniya ştatidan bölgan tajribali uçuvçi, 55 yoşli kapitan Jeff Gregori hamda ikkinçi pilot, 20 yoşli (ayrim manbalarga köra, uning yoşi 21 da edi) Nataliya Figeyras. Halokatdan oldin aynan Figeyras dispetçerlik xizmati bilan muloqot olib borgan.
Figeyras samolyot boşqarişga litsenziyani 17 yoşida olgan. Floridada istiqomat qilgan uşbu qiz mahalliy telekanallarga bergan intervyusida sinfdoşlari avtomobil haydaşga havas qilib yurganida, samolyot boşqarişni «zörroq» deb hisoblaganini aytib bergandi. 2026-yil 1-noyabrigaça Figeyrasning 1300 soatlik parvoz tajribasi bölgan.
Qayd etilişiça, parvoz murakkab ob-havo şaroitida amalga oşirilgan. Parvoz davomida ekipaj dispetçerlarga bort taşqarisidagi harorat Selsiy böyiça minus 47 darajani taşkil etayotgani va fyuzelyaj muzlagani, şuningdek, turbulentlik kuzatilayotganini maʼlum qilib, balandlikni oşirişga ruxsat söragan.
Dispetçer yuqoriga kötarilişga ruxsat bergan, ammo ekipaj bu xabardan taxminan yarim daqiqa ötib favqulodda holat töğrisida xabar yuborgan – samolyot keskin va nazoratsiz tarzda şönğigan (daqiqasiga 10 ming fut – 3 ming metr). Jet uçuvçisining sönggi gaplaridan biri şunday bölgan: «Biz hozir yerga urilamiz». Figeyras yana şunday qiçqiradi: «Taşqariga qara».









