AQŞ suriyalik qurollangan kurdlar tuzilmalariga (YPG) maxfiy bitim doirasida olib yuriluvçi zenit-raketa majmualari partiyasini topşirgan. Bu haqda RIA «Novosti» «Al-Masdar» portaliga tayangan holda xabar tarqatdi.

Naşr ma'lumotlariga köra, olib yuriluvçi zenit-raketa majmualari Suriya şimoli-ğarbidagi Afrin tumanida bölgan kurdlar tuzilmalariga berilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Toyyib Erdöğan Suriyada «istalgan daqiqada» harbiy amaliyot boşlaş bilan tahdid qilgani xabar berilgandi. Uning ma'lum qilişiça, Suriya şimolida AQŞ tomonidan taşkil etilayotgan «çegara xavfsizlik kuçlari» Turkiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda, Suriyadagi harbiy amaliyot «istalgan daqiqada» boşlanişi mumkin.