Rossiyaning Buryatiya Respublikasi poytaxti Ulan-Ude şahridagi Sosnoviy bor harbiy posyolkasida ikki nafar ösmir örta ta'lim maktabiga hujum qilişdi. Ulardan biri, dastlabki ma'lumotga köra, 9-sinf öquvçisi bolta bilan qurollangan bölgan va öquvçilarga jarohat yetkazgan. Şundan söng yettinçi sinf kabinetida yonğin boşlangan – hujum qilgan şaxs u yerga «Molotov kokteyli»ni uloqtirgan.
FVV ma'lumotlariga köra, yonğin maydoni 15 kvadrat metrni taşkil etgan, uni bir neça daqiqa içida öçirişgan. Maktabdan taxminan 500 kişi xavfsiz joyga köçirildi. Darslar bekor qilingan.
Hujum qilganlarning harakatidan kamida beş kişi jabrlandi: 13 yoşdagi tört nafar yettinçi sinf öquvçisi bolta bilan jarohatlangan bölsa, öqituvçi boş miya jarohatini olgan. Olovdan esa heç kim jabr körmagan. «Interfaks» xabariga köra, hujum qilganlar qizlardan birining barmoğini çopib taşlaşgan.
Respublika Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotga qaraganda, hujum qilganlardan biri öz joniga qasd qilmoqçi bölgan. RF Tergov qömitasining Buryatiya Respublikasi böyiça boşqarmasi jinoiy iş qözğatdi. Gumonlanuvçi qölga olindi, uning ehtimoliy şeriklari qidirilmoqda. Mash ma'lumotlariga köra, maktabga ikki emas, balki uç kişi hujum qilgan.
Buryatiya hukumatining izohida aytilişiça, hujumda uç kişi iştirok etgan – ulardan biri qölga olindi, ikki nafari politsiya tomonidan qidirilmoqda. Hukumat ma'lumotlariga köra, ösmirlar maktabga mahalliy vaqt bilan soat 9:35da (Toşkent vaqti bilan 5:35) kirişgan va niqoblar taqib olişgan. Voqea joyida prokuratura, armiya qömondonligi, Tergov qömitasi iş olib bormoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Perm şahridagi maktabga hujum qilingani, 8 öquvçi va bir öqituvçi piçoq bilan jarohatlangani xabar berilgandi.








