Rossiyaning Perm şahridagi maktabda yuz bergan hodisa oqibatida kamida beş kişi jabrlandi. Bu haqda «Interfaks» manbaga tayangan holda xabar bermoqda.
Uning ma'lumotlariga köra, voqea ertalab yuz bergan, şahardagi maktab öquvçilari piçoq bilan jarohatlangan.
Dastlabki ma'lumotga köra, jabrlanganlar soni beş-sakkiz kişi atrofida.
Mintaqa hududiy xavfsizlik vazirligi matbuot xizmatidan xabar berişlariça, Permdagi 127-sonli maktabning bir öqituvçisi va beş öquvçisi ikki yoş yigitning hujumi oqibatida jabrlangan, ikki şaxs qölga olingan.
«Sakkiz kişi jabrlandi, barçasi tez tibbiy yordam tomonidan olib ketildi. Bu yerda sakkizta tez tibbiy yordam brigadasi işlamoqda», - degan agentlik suhbatdoşi.












