Yana 17 kundan söng Koreya Respublikasining Pyongçang şahrida XXIII qişki Olimpiya öyinlari start oladi. Unda sayyoramizning 90ta davlatidan 6500dan ziyod sportçi va rasmiy şaxslar iştirok etişi kutilmoqda, deb yozadi MOQ rasmiy sayti.
2018 yilgi qişki Olimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini ikki nafar sportçi himoya qiladi. Bular — figurali uçiş böyiça Özbekiston terma jamoasi a'zosi Mişa Ge va toğ çanğisi sporti böyiça mamlakat terma jamoasi yetakçisi Komiljon Töxtayev.
Musobaqalarga birinçi bölib Mişa Ge kirişadi. U 16 fevral kuni «Gangneung Ice Arena» muz saroyida figurali uçişning qisqa dasturida çiqiş qilsa, ertasiga, 17 fevralda erkin dasturda öz omadini sinab köradi.

Komiljon Töxtayev 18 fevral kuni toğ çanğisining gigant slalom bahslarida iştirok etadi. 22 fevralda esa slalom böyiça musobaqada qatnaşadi. Toğ çanğisi böyiça bellaşuvlar «Yongpyong Alpine Centre» majmuasida bölib ötadi.

Ma'lumot uçun, XXIII qişki Olimpiya öyinlari Koreya Respublikasining Pyongçang şahrida 9–25 fevral kunlari davomida bölib ötadi.







