Özbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari etib saylangan Oçilboy Ramatov terma jamoadagi vaziyatga töxtaldi.
U joylarda sport maktablarini rivojlantiriş kerakligini ta'kidlagan.
«Murabbiylarga pul yöq. 300 ming sömga kim işlaydi. U beçora esa şuğullanadigan bolalardan pul olmoqçi böladi. Axir u ham qorin töydirişi kerakku?
Joylarda futbol maktablarini tiklaşimiz kerak. Avval bitta kolxoz maktab qila olardi. Hozir viloyat bitta futbol maktabni uşlab tura olmaydi. Şu işlarni qilmasak, natija bölmaydi.
Köp narsa yöqotdik. Maktablarni rivojlantirmasdan 45 yoşar futbolçini öynatavermaymizku? 5-6 futbolçi bor, böldi şularni hamişa öynataveramiz. Bitta soçsiz futbolçi borku, Geynrix. Olib kelaverişdi öşa çolni. Özi u bobomdan kattaku (kuladi).
Yoş ötişi bilan odam organizmi çarçaydi, töğrimi? 40 yoşga çiqqan futbolçi yonidagi 20 yoşli futbolçi bilan yugura olmaydiku?
Töğri, futbolçi özini ta'minlab olişi kerak. Uyi, bola-çaqasiga qaraşi kerak. 30 yoşdan keyin futbolçilarga iş topib berişimiz kerak, institutlarda öqitişimiz, ulardan murabbiylar tayyorlaşimiz kerak. Ular çet elda tajriba oşirib kelişi kerak. Bizga mingta, ikki mingta, beş mingta murabbiy kerak», degan Ramatov.











