
Özbekistonda eng sara va sifatli quriliş materiallarini sotadigan birinçi onlayn bozor işga tuşgani haqida xabar berilgandi. Özbekiston quriliş mahsulotlari bozorida 12 yildan buyon öz örniga ega bölgan «Euro-pol» kompaniyasi asosçisi, AQŞda faoliyat yuritib, tajriba oşirgan Alişer Avazov yangi, innovatsion loyihaga asos soldi. KUN.UZ tahririyati Alişer Avazovning uşbu loyiha haqidagi fikrlari, faoliyatning dastlabki kunlari qanday ötgani bilan qiziqdi.
“Biz bu loyihani boşlaganimizga sabab – hayotimizdagi bebaho bölgan vaqt ne'matini tejaş va iloji boriça yurtdoşlarimizga qulaylik yaratiş. Aynan şu narsalarni maqsad qilgan edik”, - dedi Avazov.
Biz Alişer Avazovdan dastlabki iş kunlari qanday ötgani bilan qiziqdik: “Alibazar’ning birinçi uç iş kuni juda qiziqarli, iş jarayoni bilan töla tarzda ötdi. Axir bizning sayt hali yurtdoşlarimiz tomonidan sinalmagan bölgani uçun biz juda diqqat bölib turdik”, - deydi u.
Uning qöşimça qilişiça, ötgan vaqt davomida fuqarolar ham bu borada öziga xos kömak körsatişgan.
“Xalqimiz, fuqarolar şu bir hafta içida biz körmagan yoki e'tiborsiz qoldirgan joylarimizni töğrilaşda katta yordam berdilar. Ularning har bir qönğiroği va yuborgan xatlarida yozilgan kamçiliklarimizni diqqat bilan öqib, bu borada zudlik bilan, darhol tegişli çoralar körişga harakat qildik”, - dedi Alibazar onlayn dökoni asosçisi.

Uning sözlariga köra, birinçi kunlardanoq Alibazar saytiga juda katta miqdorda foydalanuvçilar kirgan.
“Dastlabki kunlardanoq Alibazar saytimizga kirayotgan xalq, fuqarolar, foydalanuvçilar oqimini körib boşimiz osmonga yetdi. Alibazar kompaniyamizga işonç bildirib, xarid qilgan va hozirgi kunda xarid qilayotgan xalqimizga taşakkur bildirib qolamiz. Sizlarning işonçingizni oqlaşga harakat qilamiz”








