Buxoro tumanidagi savdo dökonida yonğin çiqdi. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun soat 12:16 da Buxoro tumani Xonabod mahallasi Qumrabod qişloğida joylaşgan quriliş mollari savdo dökonida yonğin sodir bölgan. Yonğin oqibatida savdo dökonining taxminan 40 kvadrat metr maydonida şiftning plastik qoplamalari yongan.

Voqea joyiga 2 ta yonğin qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Olov soat 12:40 da töliq öçirilgan. Yonğin oqibatida halok bölgan yoki tan jarohati olganlar yöq.

Hozirda yonğinning kelib çiqiş sababi va zarari aniqlanayotgani bildirilgan.

Oldinroq Samarqandda sodir bölgan yonğinda beşta xonadon jiddiy zararlangani xabar qilingandi.