Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasi yiğilişida «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunga qöşimça kiritiş haqidagi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilişiça, sotuvçilarning fuqarolarga tovarlarni kelişilgan muddatda yetkazib bermayotgani bilan boğliq murojaatlar tobora köpaymoqda. Bunga amaldagi qonunlarda javobgarlik belgilanmagani ham sabab bölmoqda.
Şunday holatlarning oldini oliş maqsadida «Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi qonunga qöşimça kiritiladi. Ya’ni, sotuvçi iste’molçiga şartnomada körsatilgan muddatlarda tovarni topşirmagan taqdirda, majburiyatni bajarilmagan qismiga penya tölaşi belgilanadi. Bunda penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan tovar bahosining 100 foizidan oşib ketmasligi, penyani tölaş şartnoma majburiyatlarini buzgan tarafni tovarlarni yetkazib beriş muddatlarini keçiktirib yuboriş, töliq yetkazib bermaslik oqibatida yetkazilgan zararni qoplaşdan ozod etmasligi nazarda tutiladi.
Munozaralar davomida fraksiya a’zolari iste’molçilar manfaatlaridan kelib çiqib, qonun loyihasini yanada takomillaştiriş va maromiga yetkaziş böyiça bir qator takliflar berdi. Deputatlar loyihaning qabul qilinişi aholining iste’molçi sifatida qonuniy manfaatlarini himoya qiliş va oldi-sotdi şartnomasiga muvofiq sotuvçi şartlaşilgan muddatlarda tovarlarni iste’molçiga topşirmasligi kabi holatlarning oldini olişga xizmat qilişini qayd etib, qizğin bahs-munozaralardan söng, uni ma’qulladilar.








