Argentina çempionatining pastki ligalaridan birida iştirok etuvçi “Escuela Presidente Roca” klubining boş murabbiyi Kristian Neyra unga futbolçilardan biri maşğulot vaqtida töpponça öqtalgandan keyin öz lavozimini tark etdi.

Klub futbolçisi Tsezar Pagani murabbiyga töpponçani öqtab, özining asosiy tarkibga kiritilişini talab qilgan.

“Men bu klubda 45 yildan köproq vaqtdan beri işlayman, biroq men bilan bunday hodisa yuz bermagandi”, deb aytgan uşbu hodisadan karaxt holga tuşgan murabbiy.

As naşri manbasi qörquvga tuşgan murabbiy öz lavozimini tark etganini tasdiqlagan. Ta'kidlanişiça, zöravon futbolçi avval ham bir tanişidan jamoadoşiga tahdid qilişni söragan. 

Uşbu vaziyat politsiya tomondan tergov qilina boşlangan.