- Bizda mayin-muloyim adabiyotlar bor, mayin-muloyim yozadigan yozuvçilar bor. Ular ham yaxşi, ammo Toğay Murod bilan soliştirsangiz... U Töpalangdaryoday jöşqin yozuvçi edi. U jahon adabiyotini ham, folklorni ham yaxşi bilardi. Ammo jahon adabiyotida ham bunaqa jöşqinlik yöq. Unda Ergaş Jumanbulbul va Abdulla Qodiriy fel'yetonlari uslubi bor edi. U Jyeyms Joysni tarjima qilişni orzu qilardi, - deya fikr bildirayotgan adabiyotşunos olim Ibrohim Ğofurov yozuvçining rafiqasi Ma'suma Ahmedovaga yuzlandi. – Men yolğon gapirmayapmanmi, Ma'sumaxon? Yozuvçining rafiqasi tasdiq ma'nosida boş irğab, “Töğri” deb qöydi. Şundan söng notiq sözida davom etdi: Ammo aytiş kerakki, odam sifatida juda noqobil edi. Bitta gap köp, yarimta gap kam. 

Davrada gurros kulgi kötarildi. Olim yana sözida davom etdi: -U maydonga tuşdi, maydonning egasi böldiyu, ammo öz tabiatini yenga olmadi. U haqparvar inson edi. 2012 yilda Toğay Murodning tört jildlik saylanmasini tayyorlab, naşriyotga topşirgan edik. Öşa yili ikki jildi çop etildi. Ammo, afsuski, mana, olti yildan buyon qolgan ikki jildi naşr etilmayapti. Qoğoz yöq... Bu orada qança kitoblar çiqdi, çiqib yöq bölib ham ketdi. Toğay Murodning uluğ kitoblari-ya, odamlar kutib, öqiydigan kitoblar... Bir mard topilmaydi ularni çiqaradigan. 

Bu Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston milliy kutubxonasida Özbekiston xalq yozuvçisi Toğay Murod tavalludining yetmiş yilligiga bağişlab ötkazilgan adabiy keçadan lavha edi. Adabiy keçada taniqli şoir-yozuvçilar, adabiyotşunoslar, çet ellik tarjimonlar, adib ijodining muxlislari va ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişdi. 

Ançadan buyon adabiy keçalarda kuzatilmayotgan bir holat diqqatimni tortdi. Kutubxona zali Toğay Murod muxlislari bilan tölgan. Yana köplar tik oyoqda turib, anjumanni kuzatişdi. Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomçilik va dizayn instituti talabalari, yoş rassomlar Abbos Tuyoqov, Jörabek Boqiyev, Nömon Nurmatovlar tadbir davomida yozuvçining portretini çizib, suratlarni adabiy keça nihoyasida sevimli adibimizning rafiqasi Ma'suma Ahmedovaga sovğa qilişdi.

Şu örinda bir xuşxabar: tadbirda Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi vakillari Toğay Murodning barça asarlari töplangan bir kitob tayyorlanayotgani, yaqin kunlarda naşr etilajagini ma'lum qildi. “Arslon izidan,  yigit sözidan qaytmaydi” deganlaridek, umid qilamizki, yozuvçilar uyuşmasi bu niyatidan qaytmaydi. Qolaversa, Yozuvçilar uyuşmasining yangi binosi joylaşgan sölim boğda barça asarlarida oddiy xalq orzu-umidlarini yozgan, yozganda ham röy-rost yoza olgan haqparvar yozuvçimiz Toğay Murodning ham haykali örnatilsa, nur ustiga nur bölardi. Zotan, yurtboşimiz ta'kidlaganlaridek, xalq öz yozuvçisini tanisin.