Ozarboyjonda navbatdan taşqari prezidentlik saylovi ötkazilişiga sabab – ovoz beriş sanasi bilan bir muddatga töğri kelişi mumkin bölgan tadbirlardir. Bu haqda mamlakat prezidentining taşqi siyosiy masalalar böyiça yordamçisi Ali Gasanov ma'lum qildi.
Mamlakat rahbari Ilhom Aliyev duşanba kuni navbatdan taşqari prezidentlik saylovlarini 11 aprelda ötkaziş haqidagi farmoyişni imzoladi. Avval saylovlar 17 oktabrga rejalaştirilgandi. “Yangi Ozarboyjon” hukmron partiyasi ijroçi kotibi Ali Ahmedovning xabar berişiça, partiya amaldagi prezidentni nomzod sifatida körsatadi.
"Ma'lumki, Ozarboyjon Konstitutsiyasiga köra, saylovlarni 17 oktabrda ötkaziş rejalaştirilgandi. Biroq mamlakatimizda maydan boşlab xalqaro darajadagi tadbirlar ötkaziladi. Tadbirlarning aksariyati yil oxiriga rejalaştirilgan va saylovlarga töğri kelardi", - deyiladi Gasanovning bayonotida.
Ozarboyjonda navbatdan taşqari prezidentlik saylovi ötkaziladi
Ma'lumot uçun, Ilhom Aliyev Ozarboyjon prezidenti lavozimiga uç marta saylangan. 2016 yilning sentabrida konstitutsiyaga kiritilgan özgarişlarga köra, Ozarboyjon prezidenti yetti yilga saylanadi.












