Şvetsiya Myanmaning Rakhayn ştatida yaşovçi musulmonlar rohingyalar holatini muhokama qiliş uçun BMT Xavfsizlik kengaşi yiğilişi ötkazilişini söramoqda. Bu haqda Facebook’da Şvetsiya taşqi işlar vaziri Margot Valstryom ma'lum qildi.
Yiğilişda rakhaynlik qoçqinlar holati va ularning vatanlariga qaytarilişi masalalari muhokama qilinadi, deb ta'kidlab ötgan vazir.
Valstryomning yozişiça, Şvetsiya BMT Xavfsizlik kengaşining nodoimiy a'zosi sifatida jahon hamjamiyati e'tiborini Myanmadagi vaziyatga qaratiş böyiça faol iş olib bormoqda.
Myanmalik rohingyalarga hujumlar 2017 yil 25 avgustda kuçayib ketdi va “qurollangan jangarilarga qarşi kuraş” bahonasi ostida olib borilmoqda. Hududdagi gumanitar vaziyat keskin yomonlaşgan. BMT ma'lumotlariga köra, Rakhayndan Bangladeşga qoçgan odamlar soni 630 mingdan oşib ketgan.
1970-yillardan boşlab myanmalik musulmon rohingyalar tizimli hujumlarga va etnik “tozalaşlar”ga uçrab keladi. Şu sababli bu yerda yaşagan 2 mln rohingyalarning 80 foizi qöşni davlatlardan boşpana topişga majbur bölgan. Ayni vaqtda Myanmada 300 ming musulmon qolgan, ular ham Bangladeşda yaşirinişga harakat qilmoqda.








