Kaliforniya universiteti olimlari, özlari atayotgandek, “4D- közoynaklar” yaratdilar. Ularning aytişiça, bu qurilma filmlarga namoyiş vaqtida tomoşabinga “tegiş”ga imkon beradi. Bu haqda Science Daily xabar bermoqda.
Közoynaklar körilayotgan videodan effektni oşiriş uçun odamga “tega” boşlaydi. Olimlarning ta'kidlaşiça, bu qöşimça his-tuyğular uyğotadi, misol uçun, ekranda tomoşabinga qarab yönalayotgan obekt paydo bölsa.
Uşbu közoynak miyaning qaraş va tegişga reaksiyaga javob beruvçi sohalarini örganuvçi neyrobiologlar işi natijasi böldi. Uşbu 4D-texnologiya miyaning yuqoridagi sohalarini aldaşga asoslangan. Közoynak tegiş hissini uyğotadi. Uning asosiy vazifasi olimlarga miya sohalari işlaşi mexanizmini örganişda yordam berişdan iborat.

Olimlarning aytişiça, bunday közoynaklar köngil oçiş industriyasi – kompyuter öyinlari, filmlar, virtual reallikda eng köp qöllanişi mumkin.
Qurilma bir neça his-tuyğu organlarini qözğata oladi va közoynak yaratuvçilarining fikriça, bu virtual vaqtiçoğlik uçun muhimdir.
Odam yuziga obektning kelayotgani hissini közoynakka örnatilgan kiçik ölçamli havo oqimlari generatorlari paydo qiladi. Biroq olimlar uçun bu generatorlarni aynan qaysi lahzada işga tuşiriş kerakligini biliş murakkablik tuğdirgan. Miyani aldaş qiyin va havo oqimini obekt paydo bölganda faollaştiriş kerakli hisni uyğotmaydi. Olimlar ekranda obekt va havo oqimi paydo bölişi orasida eng haqiqatga yaqin effekt yaratilişi uçun qanday pauza bölişi kerakligini uzoq örganişdi. Aniqlanişiça, eng mukammal effekt 800 va 1000 millisekund oraliğida bölar ekan.
Avvalroq Samsung kompaniyasi Entrim 4D quloqçinlari yordamida miyani aldaşga harakat qilgandi. Bu quloqçinlar umuman harakat bölmagan holatda göyoki uning borligi illyuziyasini yaratadi. Quloqçin Gear VR garniturasi bilan birga işlaydi va oddiy quloqçinlardan biroz kattaligidan taşqari, heç narsa bilan farq qilmaydi. Biroq quloqçin içki quloqqa ta'sir qilib, foydalanuvçi miyasiga göyoki u virtual sahnada harakatlanayotgandek tuyulişi uçun signallar jönatadi.











