Kun.uz muxbiri AQŞga safari davomida Kaliforniya universiteti tibbiyot fakulteti professori, asli özbekistonlik Şarof Töğizov bilan suhbatlaşdi. 90 yillardagi turğunlik va ilm-fanga e’tiborsizlik ortidan AQŞga ketgan yoş olim, u yerda öz faoliyatini qaytadan boşlaydi hamda bugunga kelib virusologiya va yuqumli kasalliklar sohasi böyiça biologiya fanlari doktori, professor darajasiga yetgan. Şarof Töğizov, şuningdek, şifokor – virusolog, genno-injyener olim bölib, universitetning San-Fransiskodagi bölimida işlaydi. Önlab xalqaro konferensiyalarda çiqiş qilgan, şuningdek köplab ilmiy işlar muallifi hisoblanadi.

— Şarof aka, avvalo AQŞga kelişingiz, bu yerda ilmiy faoliyatingiz va qanday professorlikka darajasiga qanday erişganingiz haqida aytib bersangiz?

— Özbekistonning Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilganman. Oliy ta’limni ham Özbekistonda tamomlaganman. 1981 yilda aspiranturani öqiş uçun Moskvaga ketganman va öşa yerda doktoranturani ham öqidim.

1991 yilda Moskvada virusologiya böyiça xalqaro konferensiya bölib ötdi. Öşa paytda gepatit B böyiça tadqiqot olib borayotgan edik. Meni Germaniya va Amerikaga taklif qilişdi. Kaliforniya universitetidan borgan professor meni alohida taklif bildirdi. Özi öşa 1991 yilda Sovet ittifoqidagi köplab olimlar boşqa joylarga ketayotgan edi. Men ham rasmiy taklif bölgaç öşa konferensiyadan 6 oy ötib Kaliforniyaga keldim. Ittifoq tarqagaç, biz izlaniş qilayotgan işga pul ajratilmay qöydi, işlar töxtadi, keyin men ham Amerikada qoldim.

Amerikaga kelganimda doktorlik darajam bor edi. Lekin bu yerda karerani qayta boşlaşga töğri keldi deyarli, çunki bu yerda tizim boşqaça.

— Universitet va bu yerdagi faoliyatingiz haqida ham gapirib bersangiz.

— Kaliforniya universiteti ança katta. 10 ta şaharda filial-bölimlari mavjud. San-Fransiskodagi bizning bölim faqat tibbiyotga ixtisoslaşgan. Bu yerda şifokorlar tayyorlaşdan taşqari ilmiy izlanişlar ham olib boriladi, bu borada dunyoda maşhur. Umumiy Kaliforniya universitetida 150 ming atrofida öqituvçi-xodimlar işlaydi, bizning bölimda esa 27 ming nafar xodim bor. Özim virusologiya böyiça kasallik çaqiruvçi viruslarning qanday işlaşi, funksiyalarini örganaman. Laboratoriyada qöl ostimda 5-6 ta xodim işlaydi, grantlar köpayganda 15 tagaça xodimim böladi. Bu yerda faqat öqituvçilik bölmaydi, ilmiy izlanişlar olib boriş kerak, bölmasa universitet uşlab turmaydi.

— Kaliforniya universitetiga talabalarni qabul qiliş tartibi qanday? Tölovlar-çi?

— Bu yerda öqiş töliq pulli va juda qimmat. Agar talaba iqtidorli, bilimli bölsa, davlat grantlari, maxsus dasturlari bor. Tibbiyot yönalişidagi talabalarning tölov kontrakti miqdori sohasiga qarab 30-50 ming dollar oraliğida böladi.