KUN.UZ tahririyatiga navbatdagi murojaat kelib tuşdi. Uning mazmuni quyidagiça: “Assalomu alaykum. Surxondaryo viloyatining Uzun tumanidagi dehqon bozori buzilişi sababli tuman hokimi “Bozor buziladi”, deb ikki kun muhlat berdi. Şu masalaga oydinlik kiritişda amaliy yordam berişingizni söraymiz”.
Tahririyat uşbu masala yuzasidan Uzun tumani hokimiyati bilan boğlandi. Tuman hokimining birinçi örinbosari U.Alimov quyidagilarni ma'lum qildi:
“Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.Mirziyoyevning 2018 yil 19-20 yanvar kunlari Surxondaryo viloyatiga taşrifi çoğida Qiziriq tumanida videoselektor tarzida ötkazilgan yiğilişda Uzun tumanidagi faollar tomonidan Uzun tumanining markaziy qismi juda tartibsiz ekanligi, şaharsozlik normalariga töğri kelmasligi, ayrim bino va inşootlar bugungi talablarga javob bermasligi va köçalarning tirbandligi yuzasidan prezidentga murojaat qilgan”.
Tuman hokimiyati taqdim etgan ma'lumotga köra, “Davarxitekturaquriliş” qömitasi, “Özşaharsozlik LITI” DUK va viloyat hokimligi bilan Uzun tumani markazidan ötuvçi Özbekiston şohköçasi, Bahoriston köçasi va temir yöl kesişmasini qamragan holda şaharning batafsil reja loyihasi işlab çiqilgan. Mana şu loyihaga muvofiq, murojaatda tilga olingan bozor buzilib, uning örnida zamonaviy savdo majmuasini işga tuşiriş rejalaştirilgan.
“Uzun dehqon bozori hududida savdo qilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarini tumandagi “Bahoriston” mahallasi hududida yangidan qurilgan zamonaviy bozorga köçiriş böyiça tegişli çora-tadbirlar işlab çiqilib, tadbirkorlarning kelgusida töliq faoliyat olib borişlari alohida nazoratga olindi”, - deyiladi Uzun tumani KUN.UZ’ga taqdim etgan ma'lumotda.






