Ötgan mavsumni «Buxoro» klubi tarkibida ötkazgan Ivan Nagayev faoliyatini Qozoğiston Premer-ligasi iştirokçisi - Çimkentning «Ordabasi» klubida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berilgan.

Ayni vaqtda 29 yoşda bölgan Ivan Nagayev ötgan mavsum Oliy ligada 29 öyinda maydonga tuşib, 9 gol urgan.

Nagayev faoliyatini 2007 yili Qarşining «Nasaf» klubida boşlagan, keyin «Metallurg», «Navbahor», «Bunyodkor», «Dinamo», «Lokomotiv» va «Buxoro» klublari safida töp surgan. U bu jamoalardagi iştiroki davomida Oliy liga öyinlarida 143 marta maydonga çiqib, 50 golga mualliflik qilgan.

Uning faoliyatidagi eng muvaffiyatli klubi «Lokomotiv» bölib, u «temiryölçilar» safida 2013-2016 yillarda 53 öyinda 24 gol urgandi. U bu jamoa bilan 2013 va 2014 yillarda kumuş medal sohibi, Özbekiston Kubogi egasi (2014) bölgan.

Nagayev 2015 yili yarim mavsum Kuvaytning «Al Qodisiya» klubiga ijaraga berilgan va arab jamoasi uçun 6 öyinda 2 gol urgandi.

2010-2011 yillarda Nagayev Özbekiston yoşlar jamoasi a'zosi bölgan, 2012 yilda milliy terma jamoa safida öynay boşlagan, ammo 2013 yili Özbekiston terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.