Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorov Çust tumani Sabzazor dahasidagi 183 gektar maydonda barpo etilişi közda tutilgan “Çust erkin iqtisodiy zonasi”da amalga oşiriş uçun taqdim qilingan loyihalar bilan tanişdi, tadbirkorlar bilan muloqotda böldi.
Viloyat hokimligi axborot xizmatidan ma'lum qilinişiça, ötgan vaqtda yangi EIZga oid 11 ta loyihani bajariş yuzasidan takliflar olindi. Jumladan, “Çust tekstil” xususiy korxonasining loyihasi umumiy qiymati 8 million AQŞ dollarini taşkil etib, unda yiliga 5 ming tonna böyalgan trikotaj mato, 5 million dona tayyor trikotaj mahsulot işlab çiqariş reajalaştirilgan. Korxona işga tuşgaç, 700 kişi işli böladi.
Tez orada foydalanişga topşirişilişi möljallanayotgan savdo majmuasidagi bunyodkorlik işlarining asosiy qismi yakunlanib, pardozlaş bosqiçiga kirdi. Kompleks işga tuşganidan söng 90 ga yaqin savdo dökoni, 49 ta qassobxona va yana yuzlab qişloq xöjaligi, hunarmandçilik, sanoat mahsulotlari böyiça savdo şaxobçalari öz faoliyatini boşlaydi. Savdo kompleksining ikkinçi qavatida esa liboslar savdosi yölga qöyiladi.

Yangi taşkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonada alohida soliq, bojxona va valyuta tartiblari amal qiladi. Xususan, EIZ iştirokçilari tomonidan tegişli investitsiyalar kiritilganda, ular yer soliği, daromad soliği, yuridik şaxslar mulk soliği, obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliği, majburiy tölovlardan, çetdan keltiriladigan texnologik asbob-uskunalar, xomaşyo hamda butlovçi buyumlarni olib kirişda bojxona tölovlaridan ozod etiladi.










