Jizzax viloyat hokimligida taşkil etilgan marosimda 2017 yilda Respublika va jahon arenalarida sovrinli örinlarni egallagan sportçilar viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi E.Saliyev tomonidan taqdirlandi. Bu haqda KUN.UZ’ning Jizzax viloyati muxbiri Akmal Binokulov xabar bermoqda.

Taşkil etilgan mazkur marosimda qatnaşgan yoşlar içida şu yilning 8-18 mart kunlari Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida Paralimpiya öyinlarida Özbekiston şarafini çanği poygalarida (6.5 km,  7.5 km,  15 km masofaga) himoya qiladigan sportçi Yoqutxon Xolbekova ham bor edi.

Yoqutxon Xolbekova yengil atletikaning kross, yuguriş yönalişlari böyiça 2009 yilda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” sport musobaqalari, bir neça bor Özbekiston çempionatlari va kuboklari ğolibi, 2014 yil Dubay (BAA)da ötkazilgan paralimpiya gran-pri Xalqaro musobaqasining 2 ta oltin medal, 2014 yil Koreyada ötkazilgan Paraosiyo öyinlarida (1500 metr) kumuş medal, 2016 yil Tunisda ötkazilgan Xalqaro Brilliant ligada (1500 metr) oltin medal sohibasi, Paraosiyo rekordçisi hisoblanadi. Uning sportdagi natijalari munosib e'tirof etilib, 2014 yil “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga munosib körilgan.

Yoqutxon Paralimpiya öyinlariga yöllanmani 2018 yil 18-27 yanvar kunlari Germaniyaning Oberrayd şahrida xalqaro musobaqada çanği poygasi böyiça 6,28,27-soniya natija bilan qölga kiritdi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi E.Saliyev Yoqutxon agarda Janubiy Koreyaning Pyongçang şahrida ötkaziladigan Paralimpiya öyinlarida birinçi örinni egallasa, Jizzax şahrida qurilayotgan namunaviy uylardan birini boşlanğiç badalini tölab berişini ta'kidladi.