Özbekiston Prezidenti mamlakatda turizmni rivojlantirişga katta e'tibor qaratib, tegişli qaror va farmonlarni imzolamoqda. Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi bu yölda tinmay harakat qilmoqda. Çet ellik sarmoyaçi va işbilarmonlar Özbekistonga kelib, bu yerda turizmni rivojlantirişga qöldan kelganiça yordam berişga tayyor ekanliklarini bildirişmoqda, biroq... biz bunga tayyormizmi? KUN.UZ muxbiri şu haqida söz yuritadi.
12 fevral kuni poytaxtdagi Wyndham mehmonxonasida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan Xalqaro Press-klub kömagida taşkil etilgan muhokamalar doirasida Turkiyaning Antaliya, Bursa, Izmir, Anqara, Köniya, Qayseri viloyatlarining Madaniyat va turizm boşqarmalari boşliqlari, Istanbul şahar hokim örinbosari, Turkiya sayohat agentliklari uyuşmasi (TURSAB) vakillari va qator kompaniyalar rahbarlari iştirok etişdi hamda mamlakatimizning turistik salohiyatini yuqori baholaşdi. Ular bugungi kundagi ijobiy özgarişlarni qayd etgan holda, turizm rivoji yölida ğov bölayotgan asosiy tösiqlarga töxtalib ötişdi hamda ularni yengib ötişga doir maslahatlari bilan bölişişdi.

Xöş, turkiyalik ekspertlarning fikriça, bugungi kunda Özbekistonda turizmni rivojlantirişga nimalar tösqinlik qilmoqda?
"Özbekiston havo yöllari" çiptalari narxlari yuqoriligi
Turizmni rivojlantiriş uçun şu mamlakat parvozlarini amalga oşiruvçi samolyot çiptalari hamyonbop bölişi kerak. Aks holda, mamlakat içkarisida qanday harakat qilinmasin, taşqaridan sayyohlar Özbekistonga qançalik intilmasin, çiptalar narxining yuqoriligi har qanday sayyohning yölida katta tösiq bölib turaveradi. Turkiyalik ekspertlar havo yöllarida raqobatbardoşlik bölişi kerakligiga işora qilişdi. U yerda sayyohlar tayyor tursa-yu, bizda şaroitlar yetarli bölmasa, bunaqasi ham ketmaydi.
Kerakli qonunlar işlab çiqilişi
Özbekistonda turizm sohasini rivojlantirişni qöllab-quvvatlovçi qonunlar işlab çiqilişi kerak, deydi turkiyalik ekspertlardan biri. Şuningdek sohani qöllab-quvvatlaş barobarida uni moliyalaştiriş va uning manbalarini ta'minlaş ham qonun bilan belgilanib qöyilişi kerakligi ta'kidlandi.
Hojatxonalar masalasini hal qiliş













