Pasport yoki ID-karta yöqolganda nima qiliş kerak?
|13:19 / 26.09.2026363 2238 min
Pasport yoki ID-karta yöqolgan taqdirda bu haqda xabar beriş va yangi hujjat rasmiylaştiriş kerak. Pasport yoki ID-karta yöqolganda qayerga murojaat qiliş, rasmiylaştiriş qança turişi, hujjatni yöqotganlik uçun qanday jarima belgilangani va pasport xorijda yöqolgan bölsa, nima qiliş kerakligi haqida maʼlumot beramiz.
Pasport yoki ID-karta yöqolganda nima qiliş kerak?
Agar eski namunadagi biometrik pasport yoki ID-kartangizni yöqotgan bölsangiz, migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga (pasport stoli) yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib, hujjat yöqolgani haqida xabar beriş kerak. Eski namunadagi biometrik pasport yöqolganda yangi ID-karta rasmiylaştiriladi, ID-karta yöqolganda esa yöqolgan kartaning örniga yangi ID-karta beriladi. gov.uz saytida ID-karta oliş qoidalari
Yöqolganlik haqidagi ariza röyxatga olinganidan söng hujjat haqiqiy emas deb topiladi. Agar yöqolgan hujjat yangi hujjat olingunga qadar topilsa, yozma ariza beriş orqali uni rasmiylaştiriş jarayonini töxtatiş mumkin. Agar hujjat yangi hujjat olingandan keyin topilsa, uni içki işlar organlariga topşiriş kerak.
my.gov.uz orqali yangi ID-kartani qanday rasmiylaştiriş mumkin?
Anketada «Yöqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan pasportni almaştiriş» sababini tanlaş, viloyat, tuman va öziga qulay bölgan pasport stolini, şuningdek, taşrif buyuriş sanasini körsatiş kerak. Söng hujjat turi va mobil telefon raqami körsatiladi.
Kun.uz
Anketani töldirgandan söng arizani yuboring va xizmat haqini tölang. Keyin tanlangan pasport stoliga boring. U yerda maʼlumotlar tekşiriladi, barmoq izlari olinadi va suratga tuşiriladi.
Kun.uz
Muhim: my.gov.uz orqali ariza beriş va taşrif buyuriş vaqtini tanlaş mumkin, ammo ID-kartani masofadan turib oliş mumkin emas.
● Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilinganda - 391 600 söm (BHMning 89 foizi).
Rasmiylaştiriş muddati - biometrik maʼlumotlar topşirilgan va zarur hujjatlar töliq qabul qilinganidan keyin bir iş kuni. Şuning uçun muddatni my.gov.uz orqali ariza berilgan paytdan boşlab hisoblaş kerak emas.
ID-kartani rasmiylaştiriş tartibi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-yanvardagi 8-son qarori bilan belgilangan.
Pasport yoki ID-karta öğirlansa nima qiliş kerak?
Agar pasport yoki ID-karta öğirlansa, jinoyat sodir etilgan joy yoki yaşaş joyi böyiça hududiy içki işlar organining navbatçilik qismiga murojaat qiliş kerak. Ariza qabul qilinganidan söng maʼlumotnoma beriladi.
Maʼlumotnomani saqlab qöyiş kerak. U öğrilik faktini tasdiqlaydi va maʼmuriy jarima masalasini hal qilişda kerak böladi: agar hujjat jinoyat natijasida öğirlangan bölsa, jarimadan ozod qilinadi.
Içki işlar organlariga murojaat qilgandan söng yangi hujjatni rasmiylaştiriş mumkin.
Qanday jarimalar belgilangan?
Pasport, ID-karta yoki xorijga çiqiş uçun biometrik pasport (xorijiy pasport) yöqotilgani yoki yaroqsiz holga keltirilgani uçun 1 BHM miqdorida jarima belgilangan, qoidabuzarlik bir yil davomida takror sodir etilsa - 5 BHM miqdorida jarima solinadi.
Pasport yoki ID-kartasiz, şu jumladan amal qiliş muddati tugagan hujjat bilan yaşaganlik uçun ham alohida jarima belgilangan: birinçi qoidabuzarlik uçun 0,5 BHM, bir yil davomida takror sodir etilganda esa 3 BHM miqdorida jarima.
Qoidabuzarlik
Birinçi marta
Bir yil içida takroran
Pasport, ID-karta yoki xorijga çiqiş uçun biometrik pasport yöqotilişi yoki yaroqsiz holga keltirilişi
1 BHM - 440 000 söm
5 BHM - 2,2 mln söm
Pasport yoki ID-kartasiz yaşaş
0,5 BHM - 220 000 söm
3 BHM - 1,32 mln söm
ID-kartaning amal qiliş muddati tugaganidan söng bir oy içida yangi ID-karta oliş uçun murojaat qiliş kerak. Yöqotilgan taqdirda alohida muddat belgilanmagan, yöqotilgani haqida imkon qadar tezroq xabar beriş kerak, yangi ID-karta esa biometrik maʼlumotlar topşirilgan va zarur hujjatlar töliq qabul qilinganidan keyin bir iş kuni içida rasmiylaştiriladi.
Ayrim hollarda jarima qöllanmaydi. Masalan, hujjatni 18 yoşga tölmagan yoki 60 yoşdan oşgan şaxs yöqotgan bölsa, favqulodda vaziyatdan jabrlangan bölsa yoki hujjat öğirlangan bölsa. Öğrilik holatida içki işlar organlaridan berilgan maʼlumotnoma kerak böladi.
Agar jarima belgilangan bölsa, uni çegirma bilan tölaş mumkin: qarorni olganidan keyin 15 kun içida 50 foizini yoki 30 kun içida 70 foizini. Qolgan qismini tölaş talab etilmaydi. Çegirma qaror ustidan şikoyat qilinganda va bir yil içida xuddi şunday qoidabuzarlik takroran sodir etilganda qöllanmaydi.
Öz nomiga kredit rasmiylaştirişni qanday taqiqlaş mumkin?
Pasport yoki ID-karta yöqolganidan söng my.gov.uz orqali kredit şartnomasini tuzişga taqiq örnatiş mumkin. Taqiq örnatilgandan söng banklar va boşqa moliyaviy taşkilotlar sizning nomingizga kredit rasmiylaştira olmaydi.
Öz nomiga kredit rasmiylaştirişni qanday taqiqlaş mumkinligi haqida batafsil - uşbu maqolada.
Xorijga çiqiş pasporti yöqolsa, nima qiliş kerak?
Agar xorijga çiqiş pasportini yöqotgan bölsangiz, uni almaştiriş uçun my.gov.uz orqali ariza beriş yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiliş kerak.
Rasmiylaştiriş muddati - 10 iş kunigaça. 16 yoşdan 25 yoşgaça bölgan fuqarolar uçun qöşimça örganişni talab qiladigan istisno holatlarda muddat bir oygaça bölişi mumkin.
Portal orqali ariza berişda anketani töldirgandan söng tanlangan pasport stoliga boriş kerak böladi. U yerda hujjatlar tekşiriladi, barmoq izlari olinadi va suratga tuşiriladi. Rasmiylaştiriş tartibi, zarur hujjatlar va narxi haqida batafsil maʼlumot - uşbu maqolada.
Pasport çet elda yöqolsa, nima qiliş kerak?
Agar Özbekiston fuqarosi xorijda yurganida pasportini yöqotsa yoki unga şikast yetsa, Özbekistonning konsullik muassasasiga murojaat qilişi kerak. Mamlakatga qaytiş uçun Özbekiston Respublikasiga qaytiş guvohnomasi rasmiylaştiriladi. Guvohnoma bir oydan uç oygaça amal qiladi.
Arizani konsullik tizimi orqali rasmiylaştiriş mumkin: röyxatdan ötiş kartoçkasini töldiriş, şaxsiy maʼlumotlarni, yöqolgan pasport haqidagi maʼlumotlarni, murojaat qiliş sababini va Özbekistondagi manzilni körsatiş kerak.
Kun.uz
Pasport yöqolgan yoki öğirlangan taqdirda, bölib turgan mamlakatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, hujjat yöqolgani yoki öğirlanganini tasdiqlovçi hujjat talab etiladi.
Kun.uz
Guvohnoma tayyorligi haqida xabarnoma olinganidan söng konsullik qabuliga yoziliş va hujjatlarning asl nusxalari hamda nusxalari, uç nusxada elektron anketa va 3,5 × 4,5 sm ölçamdagi ikkita rangli fotosurat bilan keliş kerak.
Özbekistonga qaytgandan söng guvohnomani yangi pasport rasmiylaştiriş uçun ön kun içida yaşaş joyi böyiça içki işlar organlariga topşiriş kerak.
Xulosa
● Eski biometrik pasport yöqolganida yangi ID-karta rasmiylaştiriladi. ID-karta yöqolganida esa uning örniga yangi ID-karta beriladi.
● ID-karta oliş uçun arizani my.gov.uz orqali topşiriş mumkin, ammo biometrik maʼlumotlarni topşiriş uçun şaxsan boriş talab etiladi.
● Ariza portal orqali topşirilganda xizmat narxi 352 440 söm, Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilinganda esa 391 600 sömni taşkil etadi. Rasmiylaştiriş muddati biometrik maʼlumotlar topşirilib, hujjatlar töliq qabul qilinganidan keyin bir iş kunini taşkil etadi.
● Pasport, ID-karta yoki xorijga çiqiş pasporti yöqolgani yoki yaroqsiz holga kelgani uçun 1 BHM miqdorida jarima belgilangan. Ayrim hollarda, jumladan hujjat jinoyat natijasida yöqolgan bölsa, jarima qöllanmaydi.
● Hujjat öğirlangan bölsa, içki işlar organlariga murojaat qiliş va bu haqda berilgan maʼlumotnomani saqlab qöyiş kerak.
● Agar pasport xorijda yöqolgan bölsa, Özbekistonning konsullik muassasasiga murojaat qiliş va Özbekistonga qaytiş guvohnomasini rasmiylaştiriş kerak.