Prezidentning tegişli farmoni va qarori bilan Ilxom Toxiroviç Siradjev Özbekiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vazirining komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.
U tayinlovga qadar Prezident administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qiliş böyiça örinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
Ilxom Siradjev 2006-2017 yillarda Toşkent şahar xalq taʼlimi boş boşqarmasi, Toşkent şahar öquvçilar texnik ijodiyot markazida turli vazifalarda, 2017-2023 yillarda Xalq taʼlimi vazirligi boş iqtisodçisi, Moliyalaştiriş, buxgalteriya hisobi va hisoboti boşqarmasi boşliği, Moliyaviy tahlil va rejalaştiriş boşqarmasi boşliği, Moliya departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
2025-yil sentabrda Prezident administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qiliş böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan.

















