Prezident Şavkat Mirziyoyev 27-sentabr – Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Özbekiston turizm sohasi xodimlariga tabrik yölladi.
Tabrikda qayd etilişiça, bugungi kunda turizm Özbekiston iqtisodiyotida muhim örin tutadigan, minglab yangi iş örinlari yaratiş va aholi farovonligini oşirişga xizmat qiladigan istiqbolli tarmoqqa aylanib bormoqda.
Maʼlum qilinişiça, 2025-yilda Özbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2016-yilga nisbatan salkam 6 barobar oşib, qariyb 12 million nafarga yetgan, turizm xizmatlari eksporti 11 karra köpayib, 4 milliard 800 million AQŞ dollarini taşkil etgan.
“Mamlakatimizning global turizm siyosatidagi örni tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu haqda söz yuritganda, Özbekistonning taşabbusi bilan BMT Boş Assambleyasi tomonidan 2027-yil Xalqaro barqaror va yaşovçan turizm yili, deb eʼlon qilingani, BMT Turizm taşkiloti respublikamizni dunyodagi eng tez ösayotgan beşta sayyohlik yönalişiga kiritganini taʼkidlaş lozim.
Albatta, bunday yutuqlar zamirida yurtimizdagi minglab turoperator va turagentlar, mehmonxona va oilaviy mehmon uylari xodimlari, gid va ekskursovodlar, restoratorlar, transport va servis kompaniyalari vakillari, hunarmandlar, madaniyat namoyandalari, muzey xodimlari, ustoz-murabbiylarning maşaqqatli mehnati mujassamdir.
Fursatdan foydalanib, uşbu yönalişlarda sidqidildan xizmat qilayotgan barça soha xodimlariga samimiy minnatdorlik bildiraman”, deyiladi tabrikda.
Prezident tabrigida aytilişiça, Xivada özida tarix va zamonaviylikni uyğunlaştirgan xalqaro turistik şaharça, kongress markazi va tarixiy-etnografik boğ barpo etiş, Içanqalʼani raqamli texnologiyalar asosida “aqlli” muzey-majmuaga aylantiriş rejalaştirilggan.
Samarqandda noyob eksponatlar jamlangan Ipak yöli muzeyi taşkil etiladi. Qoraqalpoğistonda arxeologik yodgorliklar böylab yangi turistik yönalişlar oçiladi. Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida “Ğilon”, Namangan viloyatining Pop tumanida “Araşan” kabi yangi majmualar taşkil etiladi.
Sohada zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş, yagona milliy turizm platformasini işga tuşiriş, sayyohlik xizmatlarini bitta tizimga integratsiya qiliş, sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalaniş, kadrlar malakasini muntazam oşirib boriş ham ustuvor vazifa bölib qoladi. Gastronomik, ekologik, ziyorat, tibbiyot, toğ va sarguzaşt, işbilarmonlik, etno va qişloq turizmi kabi yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan yönalişlarni jadal rivojlantirişga alohida ahamiyat beriladi.












