Google messenjerlarda oddiy xabarlarga foydalanuvçi örniga javob beruvçi çatbot yaratiş ustida iş olib bormoqda. Bu haqda Next Web xabar berdi. 

Area 120 kompaniyasi laboratoriyasi Reply deb nomlangan uşbu tizimni sinovdan ötkazmoqda. Bu tizim hozirça faqat Android’da işlaydi, biroq keyinroq Hangouts, Allo, WhatsApp, Facebook Messenger, Android Messages, Skype, Twitter va Slack’ messenjerlarida ham işlay oladi.  

Çatbotning işlaş prinsipi oddiy: u sizni işdan yoki maşina haydaşdan çalğitmaslik uçun “Salom, işlar qalay?” kabi xabarlarga avvaldan yozilgan javob variantlarini avtomatik tarzda taklif qiladi, misol uçun, “Yaxşi, rahmat, özing yaxşimisan?” kabi. Tizim “Sen restorandamisan?” xabariga “Yaqin orada bölaman”, “Ha, şu yerdaman”, “Allaqaçon şu yerdaman” va şu kabi körinişdagi javob berişni taklif qiladi. Bundan maqsad alohida ma'no kasb etmaydigan xabarlarni terişga vaqtni sarflamasdan, ularga telefonga bir tegiş bilan javob berişdan iborat.

Reply bunday oddiy funksiyalar bilan çeklanib qolmaydi. Dasturçilar “Bezovta qilinmasin” rejimini yaratmoqçi. Bu rejim siz maşina haydayotganingizda avtomatik ravişda işga tuşadi. Sizga xabarlar haqida ogohlantiriş kelmaydi, bot sizning suhbatdoşingizga özi “Men ruldaman, keyinroq yoz” deb javob beraveradi. Şu bilan birga “Qayerdasan? Seni yarim soatdan beri kutmoqdamiz” kabi şoşilinç xabarlar telefon “taqiq”da turgan bölsa ham ekranga çiqadi.

Dasturning yana bir qiziq funksiyasi “aqlli javoblar”dir. Dastur telefonning geolokatsiyasi va yoqtirgan transport turingizga qarab, “Sen qaçon uyga kelasan?” savoliga daqiqagaça aniqlikda javob bera oladi. Reply’ni şuningdek “Ta'til” rejimiga qöyiş mumkin. Bunda u sizning taqvimingizga mos ravişda işingiz böyiça murakkab bölmagan xabarlarga javob beradi. Yangi dasturning çiqişi sanasi hozirça oşkor qilinmayapti, u endi sinovdan ötkazilmoqda.

Ayni vaqtda çatbotlar foydalanuvçilarning muayyan savollarini hal qilişda yordam bera oladi, biroq şunçaki “undan-bundan” sözlaşa olmaydi.