Safehaven Marine kompaniyasi özining yangi The Thunder Child ("Momaqaldiroq bolasi") transport vositasi haqida çökmaydigan qayiq, degan bayonot bilan çiqdi. Bu uning hatto ağdarilgan taqdirda ham, çökmasligini anglatadi. Buni faqat bir usulda tekşirib köriş mumkin - qayiqni ağdarib, nima bölişini köriş. Kompaniya qayiqning bir tomoniga trossni boğlab, kran yordamida uni ağdarib kördi.
Qayiq sinovdan muvaffaqiyatli ötdi. The Thunder Child yoki XSV-17 sinovlari natijalariga köra, hatto böronli ob-havoda ham uning boşqaruvi bilan boğliq muammolar bölmaydi. Safehaven Marine'ga köra, qayiq tijorat, qidiruv, qutqaruv yoki harbiy operatsiyalarga möljallangan.
Qayiq maxsus kreslolar bilan jihozlangan bölib, ularga 12 nafargaça kişi siğişi mumkin. Har bir kreslo tölqin zarblariga qarşi himoyalangan. Şuningdek qayiqqa masofadan boşqariluvçi yaşirin avtomatik pulemyotni örnatiş mumkin. Buning uçun maxsus stabilizatsiya tizimi joriy qilingan.







