«Men aniq bir raqibga qarşi emas, mağlubiyatga uçraş xavfiga qarşi öynayman»
(Erik KANTONA)
«2006 yilning 9 iyulida tuşlikdan keyin biroz uxladim. Keyin turib Playstation öynadim. Keçqurun esa, jahon çempioni böldim»
(Andrea PIRLO)

«Öynaşni bilmaydiganlar şuğullansin»
(ROMARIO)
«Ispaniya çempionati eng kuçli deyapsizlarmi? Lekin Angliyada 100 oçko töplaşning umuman iloji yöq»
(Joze MOURINO)
«Çöqqidagilar öşa yerga çiqqanlar, osmondan qulab tuşmaganlar»
(XAVI)
«Mançini ba'zida meni urmoqçi bölganini aytadi. Menimça, mening tayça boks bilan şuğullanişimdan xabari yöq şekilli
(Mario BALOTeLLI)

- Sizga «Oltin butsa» topşiriladi. Razmeringiz qanaqa?
– Rostanam oltindan bölsa, 60çi kiyaman.
(Bill ŞeNKLI)
«Messi va Ronaldu maydonda ekan, boşqa kimningdir «Oltin töp» yutişi imkonsiz»
(Andrea PIRLO)
«Bir marta 0:5 yutqaziş, beş marta 0:1 yutqazişdan yaxşiroq»
(Joze MOURINO)

«Messida 4 ta Oltin töp bormi? Lekin men oyoğimning tagiga stul qöymasdan turib ham, şkafning tepasidagi şokoladni olişim mumkin»
(Zlatan IBROHIMOVIÇ)
«Şayx Mansur juda kam gapiradi. Mançiniga nuqul «Senga yana kimni olib beray, Roberto?», deydi xolos»
(Mario BALOTeLLI)
«Yaxşiyam hayotda besoqolbozlar bor. Ularni deb bizga köproq çiroyli qizlar qolyapti.
(Diyego MARADONA)

«Penalti — ölimga hukm bilan barobar. Qiziği, jallod bir onda qurbonga ham aylanişi mumkin»
(Françesko TOTTI)
«Suvsiz bir neça kun yaşaş mumkin. Lekin umidsiz bir daqiqa ham yaşay olmaysan»
(Bobbi ROBSON)
«Yaxşi futbolçi bir vaqtning özida töpni,10 jamoadoşini,11 raqib futbolçisini va yettinçi qatordagi çiroyli qizni körib turişi kerak»
(Erik KANTONA)
«Menga önta xoda va Zidanni bering, Çempionlar ligasini yutaman»
(Aleks FeRGYuSON)
«Bekhem boşi bilan yaxşi öynay olmaydi, yaxşi himoyalanişni bilmaydi, çap oyoği faqat yuriş uçun, lekin boşqa jihatlariga gap yöq»
(Jorj BeST)
«Mendan yangi Pelelarni uçratdingizmi, deb köp söraşadi. Ha, unaqalar köp. Lekin yangi Garrinçani hali uçratganimça yöq»
(PeLe)
«Everton» şunçalik zerikarli öynaydiki, agar ular derazam ostida öynaşganda ham, pardani oçib qarab qöymasdim»
(Bill ŞeNKLI)
«Natija 99 foiz futbolçilarga boğliq. Qolgan 3 foizi esa murabbiyga»
(Ruud GULLIT)
«Hatto Iso Masihni ham yomon köradiganlar bölgan. Men uning oldida kim bölibmanki, hamma yaxşi körsin?»
(Joze MOURINO)
«Muxlislar heç qaçon yomon öyinçilarga huştak çalişmaydi. Agar seni raqib muxlislari yomon körişadimi, bilgingki, sen zör futbolçisan
(Gari SPID)
«Birinçi bölmoqçimisiz? Unda maşğulotlarni oxirgi bölib tark eting»
(RONALDINO)

«Yeçiniş xonasida men Ronaldu bilan bitta şkafdan foydalanamiz. Bu qariganimda nevaralarimga sözlab beradigan eng yaxşi xotiradir»
(Raul ALBIOL)
«Milan yoki Madrid? Oçiği, menga farqi yöq. Ispaniya bölsa böldi. (Andreas MYuLLeR)
«Men özimni dunyoning eng zör murabbiyi deb hisoblamayman. Lekin mendan yaxşiroği ham yöq»
(Joze MOURINO)
«Denis Bergkampning golidan söng, men «Sanderlend» jamoasi murabbiyi ekanligim esimga tuşib qolmagunça, unga qarsak çalaverdim.
(Piter RID)
«Töpni ming zör tepsa ham, men jamoamga «erkak» degan nomga loyiq bölmagan öyinçini olmayman.
(Yurgen KLOPP)








