AQŞning Kuvayt va Liviyadagi sobiq elçisi, amerikalik diplomat Debora Jons “Gazeta.ru” naşriga bergan intervyusida AQŞ qöşinlarining Iroqqa kirişini AQŞning 21-asrdagi strategik xatosi deb atadi.

“Yaqin Şarqda kimdir Iroqqa qöşin olib kiriş strategik xato bölgani va 21-asrning strategik xatosi bölib körinişini rad eta oladi, deb öylamayman”, deb aytgan ayol diplomat. 

Jonsning ta'kidlaşiça, AQŞga qarşi har bir harbiy yoki terrorçilik aksiyasi AQŞning harbiy doktrinasi özgarişi bilan keçgan.  

“Iroqda yuz bergan voqeliklarning istehzoli tomoni şundaki, bizda davlat departamentida Iroqqa kirişga qarşi ikkita general – Kolin Pauell va Riçard Armitij hamda kirişni qöllab-quvvatlagan – Pentagon rahbari kabi fuqaro şaxsi (Donald Ramsfeld nazarda tutilmoqda) bölgan”, deb aytdi Jons. 

2003 yilda Iroqqa AQŞ va Iroqqa karşi koalitsiya qöşinlarini olib kirişga AQŞ maxsus xizmatlarining ma'lumoti rasmiy sabab bölgan. Bu xizmatlar göyoki Iroqda ommaviy qirğin qurollari işlab çiqilişining isbotlarini topişganini ta'kidlaşgan. Biroq keyinroq buning biror-bir işonçli isboti bölmagani ma'lum bölgan.