Xitoy kommunistik partiyasi Konstitutsiyaga özgartiriş kiritib, davlat rahbarining vakolat muddati uçun qöyilgan çegarani olib taşlaşni taklif qilmoqda. Bu haqda «Sinhua» agentligi xabar tarqatdi.

«Xitoy kommunistik partiyasi XXR raisi vakolat muddatini özgartiriş uçun Konstitutsiyani özgartirişni taklif qilmoqda», deyilgan xabarda.

Qayd etilişiça, Konstitutsiyadan davlat rahbarining vakolat muddati böyiça çeklovni olib taşlaşdan taşqari, XXR vitse-raisi lavozimini ketma-ket ikki martadan ortiq egallaşga bölgan taqiqni bekor qiliş taklif etilmoqda.

Bunday özgarişlar Siyosiy byuro majlisidan keyin paydo böldi. 26 fevral kuni partiya Markaziy qömitasining 3 kunlik yiğilişi boşlanadi.

Konstitutsiyaga muvofiq, bir kişi beş yildan ikki muhlatga mamlakat rahbarligiga saylanişi mumkin.

Amaldagi rais Si Jingpin 2023 yilga qadar uşbu lavozimda turişi mumkin. Agar taşabbus ijobiy qabul qilinsa, u 2023 yildan söng ham hokimiyat tepasida qolişi mumkin böladi.