Birinçi özbek kimyogar olimasi Zarifa Saidnosirova universitetda tahsil olgan ilk özbek qizidir.
Bu haqda uning özi şunday yozgan: “Men matematika, fizika, kimyodan 5, 6, 7-sinflarga dars bera boşladim. Şu orada SAGUga – Örta Osiyo Davlat dorilfuniniga öqişga kirdim. Men fizika-matematika fakultetining kimyo şö'basiga kirdim. Men SAGUga öqişga kirgan birinçi özbek qizi edim. Kiriş imtihoni nihoyatda qattiq ötdi. Katta bir komissiya oldida fizika, kimyo, rus tilidan imtihon topşirdim. Endi men ham muallima, ham talabaman! Maktab bilan dorilfunun örtasida yelib-yuguraman... Örtada rasm studiyasiga qatnayman...»
Taniqli adib Oybekning rafiqasi, oilaparvar ayol va mehridaryo ustoz bölgan Zarifa Saidnosirova “Oybegim mening” nomli kitobi bilan adabiyot ixlosmandlarining mehru hurmatiga muşarraf bölgan.
Uning mohir rassom bölgani, 1925 yilda moyli böyoqlar bilan Ahmad Yassaviy maqbarasining oldi, orqasi va ikki yon tarafini tasvirlovçi suratlar çizgani ma'lum. Şulardan biri – maqbaraning yon körinişi aks ettirilgan surat hozirda Oybek uy-muzeyida saqlanmoqda.









