Qöşiqçi Zulayho Boyxonova ijrosida maşhur bölgan “Hay-hay”ning şe'r muallifi kimligini bilasizmi? Uşbu şe'r va köplab nasr hamda nazm durdonalarini yaratgan adib Saida Zunnunova 1926 yili Andijon şahrida dunyoga kelgan. 

Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillar Andijon öqituvçilar institutida tahsil oladi. U Andijon maktablarida muallima, gazeta muharririyatlarida adabiy xodim bölib işlagan.

Adabiyotga muhabbat şoirani Örta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Toşkent Davlat dorilfununi)ning filologiya fakultetiga  yetaklagan bölsa ne ajab. Uning «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi şe'rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil öylari» (1967) şe'riy töplamlari kitobxonlar mehriga sazovor bölgan.

Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» (1956) hikoyalar töplami «Olov» (1962), «Odamlar orasida», «Köçalar çaroğon» (1965), «Böylaringdan örgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarini xotin-qizlar taqdirini yoritgan nodir asarlardir.   

U Özbekiston xalq yozuvçisi Said Ahmadning turmuş hamrohi, sevimli rafiqasi edi. Ularning yolğiz qizlari bor.

Ijodkor ayni kamolot yoşida 1977 yil 51 yoşida oğir xastalikdan bevaqt vafot topdi.