Ta’kidlanişiça, sohada iste’dodlarni aniqlaş, ularni har tomonlama rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida teatr, kino, raqs, opera, folklor, estrada, akademik va milliy çolğu, tasviriy hamda amaliy san’at kabi 21 ta yönaliş böyiça ijodiy birlaşmalar taşkil etiladi.
Yangi tizimga köra, ijodiy birlaşmalarga tajribali ustoz ijodkorlar hamda vazirlar va kompaniya rahbarlari hamraislik qiladi. Uşbu mexanizm orqali yoş iste’dodlarga kasb sirlari va sahna madaniyati örgatiladi, hududlardagi madaniyat muassasalari va ijodiy jamoalarning muammolariga yeçim topiladi.
Şuningdek, har bir ijodiy birlaşma kesimida mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqiçlarida tanlovlar taşkil etiladi. Ğolib va sovrindorlarni gastrol safarlari, festivallar hamda xalqaro tanlovlarda iştirok etişi uçun qöllab-quvvatlaş çoralari köriladi.
Prezident mazkur taşabbuslar mamlakatda ijodiy muhitni yanada rivojlantiriş, yoşlarning iqtidorini röyobga çiqariş va milliy madaniyat hamda san’at taraqqiyotiga xizmat qilişini ta’kidladi.

















