Mart oyida AQŞda Milliy futbol ligasi (MFL)ning draft-kombayni, ya'ni Amerika futboli böyiça professional öyinçi bölişni istagan yangi nomzodlarni közdan keçiriş jarayoni bölib ötadi. Jamoalar salohiyatli yulduzlarni izlaşmoqda, yoş sportçilar esa raqiblar fonida ajralib turişga harakat qilişadi.
2018 yilda ana şunday hodisaning boş qahramoni - barça sinovlarda işonçli natijalarni körsatgan 22 yoşli himoyaçi Şakem Griffin böldi. MFL vakillari faqat bir sababga köra uni öz saflariga çaqirişga şoşilişmayapti: uning bir kafti yöq. Biroq Griffin bor kuçi bilan professional sportga kirişga va minglab bolalarga ibrat bölişga harakat qilmoqda.

Griffin 4 yoşida qölidan judo bölgan
Şakem Griffin 1995 yilda Sent-Pitersberg (Florida ştati)da dunyoga kelgan. Egizak akasi Şakildan farqli ölaroq, şifokorlar unda noyob defektni aniqlaşdi, uning qöliga tegiş çidab bölmas darajadagi oğriqlarni keltirib çiqarardi.
1999 yilda Griffinning onasi Tenji dahşatli qiçqiriqdan uyğondi. Oşxonaga borib ne köz bilan qarasaki, Şakemning qöli qonga belangandi...
"Oyi, boşqa çiday olmayman, qattiq oğriyapti", - deya baqirardi u. Ertasiga jarrohlar bolaning çap qölini amputatsiya qilişdi. Operatsiyadan keyin onasi unga futbol haqida hatto öylaşni ham taqiqladi. Biroq işdan qaytganidan söng qonga belangan bintlar va amerikaça futbol töpi bilan jilmayib turgan Şakemni körardi.
Sportçining xotirlaşiça, otasi Terri öğli ştanga kötarişi, yerdan tortilişi va boşqa jismoniy maşqlarni bajarişi uçun maxsus moslamalar yasab berardi. Şu bilan birga, Terri Griffin Şakemga atayin murakkab "pas"lar berib, u bilan amerikaça futbol öynardi. "Bir qölimni qöllaşni örganişdan oldin töpni ikki marta yuzim bilan ilib oldim", - deydi futbolçi.

U universitet yulduziga aylandi
Şakil va Şakem professional futbolçi böliş haqida orzu qilişgan. Bundan avval ikkisi ham kollejga kirişi kerak bölgan, şu bois aka-uka universitetlardan takliflar kutişgan. Biroq birinçisi yetakçi yulduz hisoblangan bölsa, ikkinçisini amputatsiya qilingan kafti sabab heç qayerga olişni istaşmasdi.








