Milliy futbol ligasi (amerikaça futbol)ning 2010 yilgi ğolibi Darren Şarper ikki ayolni zörlagani uçun 20 yilga qamaldi. Bu haqda The Los Angeles Times xabar bermoqda.
Jabrlanuvçilarning ma'lum qilişiça, u ayollarga uxlatuvçi dori berib, söng ularni zörlagan. Şuningdek, yana bir neça ayol ham şunday körsatmalarni bergan. Hammasi bölib esa öndan ortiq ayblovçi böldi.
2013 yildan beri hibsda saqlanayotgan sportçi öz aybini tan oldi.
Ma'lumot uçun, Şarper bir neça MFL yulduzlar Uçraşuvi iştirokçisi sanalib, AQŞdagi eng taniqli sportçilardan biridir.








