Aşaddiy jinoyatçi oilasida tuğilib, yoşligida qarovsiz qolgan bolalarning aksariyati özi tuşib qolgan muhitdan çiqib keta olmaydi va jinoyat sodir etişga moyil bölib ulğayadi.

Biroq garçi jinoyat olami bilan yonma-yon yaşasa ham favqulodda iste’dodi yoki boşqa sabablar bilan muvaffaqiyat qozongan insonlar ham yetarliça bor. AQŞlik Maykl Oer ana şundaylardan biri hisoblanadi.

Mayklning otasi aşaddiy jinoyatçi, onasi esa giyohvand moddalar iste’moliga ruju qöygan, özi esa köça daydisi edi. Şunday bölsa ham u jinoyat köçasiga kirib ketmaydi. Iste’dodi orqali AQŞdagi maşhur sportçilardan biriga aylanadi va millionlab dollar mablağ işlab topadi.

2009 yilda Maykl Oer amerikaça futbol ligasida qatnaşayotgan «Baltimor Reyvens» jamoasi bilan şartnoma imzolaydi. Şartnomada u beş yil davomida jamoadan 13,8 million dollar maoş olişi belgilangandi. Jinoyatçilik avj olgan muhitda, oğir şaroitda qorni nonga töymay ösgan qora tanli yigitning bunday natijaga erişişi juda katta muvaffaqiyat edi.

Oğir ötgan bolalik va amerikaça futbol

Maykl Oer 1986 yil 28 mayda Tennesi ştatidagi Memfis şahrida köp bolali oilada tuğiladi. U oilada ön ikkinçi farzand edi.

Mayklning otasi aşaddiy jinoyatçi bölib, köp vaqtini qamoqxonada ötkazar, onasi esa mast qiluvçi içimliklar va giyohvand moddalar iste’mol qilişga berilib qolgandi.

Oiladagi bunday holat tufayli Maykl va uning aka-ukalari, opa-singillari doimiy ravişda qarovsiz qolişardi. Ular maktabga ham borişmas, vaqtlari asosan köçada ötardi.

Mayklning özlaştirişi juda yomon bölib, birinçi va ikkinçi sinflarni ikki yildan öqigandi. Maktab direktorlari Mayklni öz maktabida körişni xohlamas, şu sababli u töqqiz yilda ön bir marta maktab almaştiradi.

Garçi Maykl juda yomon muhitda tuğilib ulğaygan bölsa ham u na mast qiluvçi içimliklar, na giyohvand moddalar iste’mol qilişga ruju qöymaydi. Ana şu omil uni jinoyat olamiga kirib ketişdan saqlab qoladi.

Maktabning yuqori sinfida öqib yurganida Mayklning otasini qamoqxonada öldirişadi. Öşa paytlarda unga turli oilalar bir neça bor boşpana berişadi.