O‘zbekiston | 17:40 / 07.03.2018
15486
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident farmoni bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti topshiriladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a'lo xulqi, noyob iste'dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma'qullangan.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining faoliyati, ularning iste'dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid