AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlarga pölat va alyuminiy oliş kirişga tariflar joriy etiş haqidagi farmoyişni imzoladi. Bunda Meksika hamda Kanada istisno sanaladi, Vaşington uşbu ikki davlat bilan Şimoliy Amerika erkin savdo hududi (NAFTA) böyiça kelişuv şartlarini qayta körib çiqiş haqida kelişmoqda.
AQŞ prezidentining sözlariga köra, pölat olib kirişga 25 foiz va alyuminiyga 10 foizlik miqdorda boj joriy etilmoqda. Bojxona tariflari 15 kundan söng amal qilişni boşlaydi, deya aniqlik kiritdi Tramp.
«Öz uyi farovonligini himoya qilmaydigan davlat, xorijda ham öz manfaatlarini himoya eta olmaydi», - deya ma'lum qildi Tramp. Şuningdek, u kuçli pölat quyiş va alyuminiy sanoatini «bizning milliy xavfsizligimiz uçun hayotiy muhim», deb atagan.
Amerika sanoati, Trampning fikriça, boşqa davlatlar tomonidan taşqi savdo yuritişning «tajovuzkor usullari sababli kuçsizlangan».
Tramp misol tariqasida Tesla va SpaceX asosçisi Ilon Maskning tvitini keltirdi. Avvalroq Mask Twitter’da Xitoyga Amerika avtomobillarini olib kirişga 25 foizlik, Xitoy mahsulotini AQŞga olib kirişga esa – 2,5 foizlik boj borligi haqida yozgandi. «Buni Ilon yozdi, biroq buni hamma biladi, - dedi Tramp. – Ular (sobiq prezidentlar) yillar davomida bilişgan, lekin heç narsa qilişmagan. Bu özgarişi kerak». Bloomberg ma'lumotlariga köra, Ilon Mask Xitoy hukumati bilan u yerda Tesla işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş borasida kelişuvga erişa olmagan.
Biroq AQŞ prezidentining qayd etişiça, Vaşington tariflarni özgartirişga oçiq va hattoki uni alohida mamlakatlar uçun bekor qilişga tayyor. Xususan, Tramp «bizga savdo masalalarida halol munosabatda böladigan» davlatlarga tariflarni bekor qilişga va'da bergan.








