O‘zbekiston | 10:50 / 10.03.2018
4077
1 daqiqa o‘qiladi

Tokioda O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumi bo‘lib o‘tadi

Foto: RIA "Novosti"

2018 yilning 12 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumida ishtirok etadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya tarkibidan Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Uztrade AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari o‘rin olgan.

O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, forumda Yaponiya tashqi ishlar, iqtisodiyot, savdo va sanoat, moliya vazirliklari, tashqi iqtisodiy aloqalarga ixtisoslashgan davlat tashkilotlari vakillari, o‘z sohalarida yetakchi kompaniyalar va firmalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadi.

Nufuzli tadbirda Yaponiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mamlakatimizda chet el investorlari uchun yaratilayotgan afzalliklar va qulay sharoitlar, o‘zaro manfaatli va boshqa aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollari bilan tanishishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid