Yaponiyada davom etayotgan Aichi–Nagoya–2026 Osiyo oʻyinlarida 23-sentabr kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.

1
Foto: MOQ
Polina Volobuyeva

Qilichbozlik

Rapira boʻyicha ayollar oʻrtasidagi bahslarda Polina Volobuyeva yarimfinalgacha yetib bordi va bronza medaliga sazovor boʻldi.

2
Foto: MOQ

Ushu

Sanda dasturining -56 kg vazn toifasida Saydullo Abdurashidov yarimfinalda Xitoy vakiliga imkoniyatni boy berib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

3
Foto: MOQ

-75 kg vazn toifasida qatnashgan Doniyor Turgʻunboyev ham yarimfinalgacha yetib bordi. U final yoʻllanmasi uchun kechgan jangda Eron vakiliga magʻlub boʻlib, bronza medaliga sazovor boʻldi.

photo_2026-09-23_21-21-33
Foto: MOQ

Kibersportda tarixiy natija

Oʻzbekiston delegatsiyasi Osiyo oʻyinlari tarixida ilk bor kibersportda medal qoʻlga kiritdi. Futbol dasturida ishtirok etgan Abubakr Iminjanov va Farruh Mirhamidov yarimfinalgacha yetib borishdi va bronza medali bilan taqdirlanishdi.

Jamoaviy oʻyinlardagi magʻlubiyatlar

3×3 basketbol – Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaga 11:19 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Suv polosi – ayollar terma jamoasi Tailandga qarshi bahsda 10:16 hisobida magʻlub boʻldi.

Gandbol – Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi bahsda 13:43 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Chim ustida xokkey – Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahsda 1:7 hisobida magʻlubiyatga uchradi.