Yaponiya baliqçiligi tarixidagi eng yirik tunets (okunlar oilasiga mansub, yirik yirtqiç baliq) duşanba kuni Vakayama prefekturasidagi Katsuura portida taşkil etilgan auksiondan sotildi. Uning oğirligi – 450 kilogramm, uzunligi – 2,74 metr.

Ma'lum qilinişiça, bu 1949 yildan beri tutilgan barça tunetslardan eng kattasi hisoblanadi.

Tunets auksiondan 7,15 mln iyenaga – taxminan 67 ming dollarga sotildi.

Baliq 9 mart kuni, Xonsyu orolidan 555 kilometr janubda joylaşgan Ogasavara orollari suvlarida tutildi. Baliqçilar uni suvdan çiqarib olişga taxminan bir soat vaqt sarflaşdi.