2018 yilning yanvar-fevral oylarida örtaça jon boşiga tovar aylanmasining eng yuqori körsatkiçlari Toşkent şahri (1535,1 ming söm), Navoiy viloyati (683,9 ming söm) va Toşkent viloyatida (602,3 ming söm) kuzatildi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.

Mamlakat böylab çakana savdo tovar aylanmasi aholi jon boşiga 0,3%ga oşib, 533,5 ming sömni taşkil etdi (2017 yil yanvar-fevral oylarida 434,0 ming sömni taşkil qilgan edi).

Ovqatlaniş taşkilotlarining çakana tovar aylanmasi hajmi 404,0 mlrd sömni taşkil etdi va 5,0%ga kamaydi. Çakana savdo tovar aylanmasining umumiy hajmida ovqatlaniş korxonalarining uluşi 2,3%ni taşkil etdi.