AQŞning Florida ştati Mayami-Deyd okrugida köp qavatli binoning qulaşi oqibatida 140 kişi halok bölgan bölişi mumkin. Bu haqda okrug rahbari Daniella-Livayn Kava ma'lum qildi.

8 iyulda vayronalar ostidan topilgan jasadlar soni 64taçaga yetdi. 76 kişi bedarak yöqolgan, deb hisoblanmoqda.

“Ha, qurbonlar soni şu raqamga yetişi mumkin. Bu juda fojiali”, deb javob qilgan okrug rahbari CNN telekanalining “Fojia qurbonlari soni 140gaça yetişimi mumkinmi?” degan savoliga.

Kavaning ta'kidlaşiça, qutqaruvçilar vayronalar ostida tirik qolganlar bölişi mumkinligiga umid qilmayaptilar.

Mayami tarkibiga kiruvçi Serfsayd şahrida 24 iyunga ötar keçasi 12 qavatli binoning bir qismi qulab tuşgandi. Buning oqibatida yuzlab odamlar bedarak yöqolgan. 7 iyulda qutqaruv amaliyoti töxtatilgan, voqea joyida jasadlarni qidiriş işlari davom ettirilmoqda. Keyinroq binoning butun qolgan qismi Elza böroni yaqinlaşayotgani sababli portlovçi moddalar yordamida buzib taşlangan.

Taxminlarga köra, fojia qurbonlari orasida kamida 9ta davlat, jumladan, AQŞ, Rossiya, Isroil va Lotin Amerikasi davlatlari fuqarolari bölişi mumkin.

1 iyulda fojia joyiga AQŞ prezidenti Jo Bayden kelgan. U bino qulaşi sabablaridan biri global isiş va buning oqibatida dengiz sathi kötarilgani bölişi mumkinligini aytgan.